» » Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga kirish imtihonlari bu yil yakka tartibdagi suhbat shaklida o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga kirish imtihonlari bu yil yakka tartibdagi suhbat shaklida o‘tkazildi


Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida mutlaqo yangi tizim yaratilib, ushbu yildan boshlab qabul test sinovlarisiz, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshirila boshladi. Andijonlik abituriyentning otasi Shukrullo Mamatov ma’lum qilishicha, dastlabki tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgach, o‘g‘lining hujjatlari Akademiyaning Qabul komissiyasiga kelib tushgan. Tibbiy ko‘rikdan ham xuddi shunday halollik bilan o‘tkazilgan.

Akademiyaning qabul komissiyasi nomzodlarni adolatli va xolisona baholash uchun ularga maxsus raqamli kartochkalar berib, abituriyentlarning ismlari sinov qabul qiluvchilardan sir tutildi.

Nomzodlarning yozma ish, jismoniy tarbiya va chet tillaridan bilim darajasi oshkora tarzda sinovdan o‘tkazilib, adolatli baholandi. Sinovdan o‘tgan abituriyentlar yakka tartibda o‘tkaziladigan yakuniy suhbatga kiritildi.

Yakka tartibda o‘tkazilgan suhbatda huquqshunoslik, O‘zbekiston va jahon tarixi, adabiyot, ma’naviyat asoslari va milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha nomzodlarning asosiy tushunchalari xolisona baholandi. Har bir abituriyent o‘zi tanlagan biletdagi savollarga og‘zaki shaklda javob berdi. Bunda har bir suhbat videotasmalarga yozib borildi.

Suhbat natijalari 5-iyul kuni, imtiyozli o‘qishga qabul qilinadigan nomzodlar bo‘yicha esa natijalar 9-iyul kuni e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 11:12)
+3 (голосов: 5)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют