» » Farg‘onada xorijda ishlab chiqarilgan spirtli mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi

Farg‘onada xorijda ishlab chiqarilgan spirtli mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan iste’mol sifati kafolatlanmagan xorijda ishlab chiqarilgan spirtli mahsulotlarni qonunga xilof ravishda respublika hududiga olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatining matbuotga ma’lum qilishicha, boshqarmaning kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod–Farg‘ona” yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro J.A. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, noqonuniy yo‘llar bilan respublika hududiga olib kirilgan iste’mol sifati kafolatlanmagan har biri 5 litr hajmli sellofan paketga qadoqlangan, 30 dona xorijda ishlab chiqarilgan spirtli mahsulotlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют