» » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi


O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent—Qizilo‘rda—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘zavtotrans” agentligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

21-iyuldan yo‘nalish bo‘yicha bittadan Van Hool (Belgiya) yo‘lovchi avtobusi mahalliy vaqt bilan 17:00 da Toshkentdan Qizilo‘rdaga borish uchun yo‘lga chiqadi. Avtobuslar chegarani “G‘ishtko‘prik” (O‘zbekiston) va “Jibek Joli” (Qozog‘iston) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tadi.

“Toshkent” (O‘zbekiston) va “Saltanat” (Qozog‘iston) avtovokzallari reyslarning oxirgi to‘xtash nuqtasi bo‘ladi.

Qatnovlarni O‘zbekiston tomonidan Uzkaz AutoTrans va Qozog‘iston tomonidan Tulpor-Baykonur kompaniyalari amalga oshiradi.

Yo‘nalish masofasi 583 kilometrga teng bo‘lib, yo‘lga 10 soat-u 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Yo‘l haqi Toshkentdan Qizilo‘rdaga — 97 ming so‘m, Qizilo‘rdadan Toshkentga — 3800 tenge.

2018-yili Toshkent—Olmaota—Toshkent, Toshkent—Chimkent—Toshkent, Toshkent—Bishkek—Toshkent, Toshkent—Xo‘jakent—Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rtta doimiy xalqaro avtobus qatnovlari tashkil etildi.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekistondan kuniga 400 yo‘lovchi chiqib, 420 yo‘lovchi kirib kelmoqda. Yo‘nalishlar ochilgandan buyon shu vaqtga qadar 40 mingdan ziyod yo‘lovchi manziliga yetkazilgan.

Yarim yil davomida respublika avtotransport vositalarida 504 million tonna yuk va 2,82 milliard yo‘lovchi tashildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 4,6 va 12,2 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют