» » O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonda prezident saylovini kuzatdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonda prezident saylovini kuzatdi


Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi va Shanxay hamkorlik tashkilotining taklifiga binoan joriy yilning 10—13-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, Qoraqalpog‘iston Adliya vaziri J.Sadikov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi I.Abdullayev tarkibidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2017-yil 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Turkmaniston Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Saylov Turkmaniston Konstitutsiyasi va saylov kodeksiga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘tkazildi.

Saylov jarayonini 3 223 nafar mahalliy kuzatuvchi hamda xorijiy davlatlar, BMT, MDH, ShHT, IHT, YXHT DIIHB kabi xalqaro tashkilotlardan 151 nafar kuzatuvchi kuzatib bordi.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Ashxobod va Dashoguz (avvalgi Toshhovuz) viloyatlaridagi 32 ta saylov uchastkasining ochilishi, ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarini kuzatib bordi.

Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilar ro‘yxatiga 3 228 866 nafar, shu jumladan, birinchi marotaba ovoz beruvchi 71 685 nafar saylovchi kiritildi. Ovoz berishda 3 140 865 saylovchi, ya’ni saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 97,27 foizi ishtirok etdi.

Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga asosan ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 97,69 foizi amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni yoqlab ovoz berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют