» » Rossiyaning AQShdagi elchixonasi AQSh Davlat departamentining “Qrim deklaratsiyasi”ga javob qildi

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi AQSh Davlat departamentining “Qrim deklaratsiyasi”ga javob qildi


Rossiyaning AQShdagi elchixonasi AQSh Davlat departamentining Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olmaslik haqidagi deklaratsiyasiga javobini e’lon qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

“Endi Davlat departamentining Kosovo — Serbiya emasligi haqidagi deklaratsiyasini kutmoqdamiz”, — deb yozdi rossiyalik diplomatlar.

Bayonot mualliflari amerikalik sheriklarini “2014-yilda Qrimni Rossiya tarkibiga qaytarishga asos bo‘lgan, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi to‘g‘risidagi nizomlarni o‘z ichiga oluvchi xalqaro huquqiy hujjatlardan foydalanishga urinayotgani” uchun “boshqa voqelik”da yashashda aybladi.

Kosovoning mustaqilligini 2008-yil boshida Serbiyaga kiruvchi respublikaning parlamenti e’lon qilgan. “Kosovo — bu Serbiya” shiori Serbiya hukumati tomonidan tashkil qilingan norozilik namoyishlari ramziga aylangan edi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo Vashington Qrimning Rossiyaga o‘tishini tan olmasligini ma’lum qilib, Moskvani yarim orolning “istilosi”ni bas qilishga chaqirdi. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQShga ushbu qadam uchun minnatdorlik bildirdi.

Keyinroq Buyuk Britaniya hukumati AQShni Qrimning Rossiya tarkibiga kirishiga qarshilik ko‘rsatishda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют