» » Jizzaxlik fuqaro yog‘ni nazoratsiz qoldirishi oqibatida qo‘shnisining uyi yonib ketdi

Jizzaxlik fuqaro yog‘ni nazoratsiz qoldirishi oqibatida qo‘shnisining uyi yonib ketdi


24-iyul kuni soat 14:01 da Jizzax shahar Oqqo‘rg‘onlik mahallasi F. Yusupov ko‘chasi 68-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yong‘in natijasida oshxona, xonadonning 65 kvadrat metr shift, tom qismi va uy jihozlari yongan. Yong‘in oshxonada qozonda yog‘ni nazoratsiz qoldirilishi natijasida kelib chiqqan.

Xonada ko‘p miqdorda yonuvchi mahsulotlar bo‘lganligi sababli yong‘in qisqa muddatda tarqalib, qo‘shni xonadonning 7 kvadrat metr maydonda tom qismi ham yongan. Yong‘in soat 14:44 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘inga Jizzax shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limining 4 ta bo‘linmasi jalb etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют