» » “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish va respublikada electron axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy kutubxona tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilindi.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar axborot-kutubxona markazlari xodimlari ishtirok etdi. Unda mutaxassislar uchun yaqinda Janubiy Koreya Respublikasida shu soha bo‘yicha malaka oshirib qaytgan kutubxonachilar hamda xorijlik mutaxassislar elektron turdagi axborot-kutubxona resurslarini ko‘paytirish va ulardan internet tarmog‘i orqali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Alisher Abduazizov, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Umida Teshaboyeva, Milliy umumta’lim elektron kutubxona loyiha menedjeri Tomas Kim so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev so‘zga chiqar ekan, milliy umumta’lim elektron kutubxona loyihasini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad axborot-kutubxona tizimini yanada rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sifatini yuksaltirish ekanini alohida qayd etdi.

Shuningdek davra suhbatida o‘z ma’ruzasi bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Umida Teshabayeva so‘zga chiqar ekan, u “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini texnik jihatdan ta’minlash ishlari Koreya Respublikasining LG CNS kompaniyasiga topshirilganligi, loyiha doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Raqamlashtirish va skanerlash”, “Multimedia” markazlari tashkil etilayotganligi, bugungi kunda zarur texnik jihozlarni olib kelish va joylashtirish bilan bog‘liqishlar o‘z yakuniga yetayotganligi haqida gapirib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 22:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют