» » Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Oxunov Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Oxunov Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi


Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari va viloyatning Qiziriq tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Alisher Norqobilov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

Qiziriq tumani hokimi lavozimiga Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Olim Muhammadiyev tayinlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Oxunov esa Olim Muhammadiyev o‘rniga viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют