» » Malayziyada Kim Chen Inning akasini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan ikkinchi ayol qo‘lga olindi

Malayziyada Kim Chen Inning akasini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan ikkinchi ayol qo‘lga olindi


Malayziya politsiyasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi — Kim Chon Namni o‘ldirib ketishda gumonlanayotgan ikkinchi ayolni hibsga oldi, deb yozadi “Gazeta.ru” Bernama agentligiga tayanib.

Politsiya bosh inspektori Tan Sri Xalid Abu Bakar KXDR yetakchisining akasiga uyushtirilgan suiqasd haqidagi ish bo‘yicha ayol kishining qo‘lga olinganini tasdiqladi.

Gumonlanuvchi ayol haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmayapti.

Avvalroq Kuala-Lumpur aeroportining terminallaridan birida Kim Chon Namni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan birinchi ayol qo‘lga tushgan edi.

Kim Chon Nam Malayziya poytaxtida 13-fevral kuni vafot etdi. Vafot etgan shaxs Kim Chon Nam ekanligi 14-fevral kuni Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlandi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR yetakchisining akasi Kuala-Lumpur aeroportida ikki ayol tomonidan zaharlangan.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют