» » Oqqo‘rg‘onda uch bolani o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Oqqo‘rg‘onda uch bolani o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi 8 yil davomida uch nafar voyaga yetmagan bolani o‘ldirgan Zohid Otaboyevni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi multimedia markaziga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Tergov avvalroq Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani “Xonobod” MFYda yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan Zohid Otaboyev Sh.M. (2003-yilda tug‘ilgan), Yo.U (2005) va O.S. (2014) larning jasadini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘yganini aniqlagan edi.

Otaboyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda — ikki yoki undan ortiq shaxsni, aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Otaboyevning jinoyati bo‘yicha Bosh prokuratura media markazi tomonidan tayyorlangan syujet bugun, 4-avgust kuni soat 18:10 dan boshlab “O‘zbekiston 24” telekanalidagi “Qonun nomi bilan” ko‘rsatuvida namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют