» » O‘zbekistonda homilador ayollar ikki bosqichdan iborat skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda homilador ayollar ikki bosqichdan iborat skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi


Homilaning sog‘lig‘i va yashab ketishiga imkon bermaydigan tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishini oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomda belgilanganidek, homilador ayollar ikki bosqichdan iborat bo‘lgan prenatal (tug‘ruqqacha) skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Bundan ko‘zlangan maqsad tug‘ruqqacha skrining tekshiruvlari samaradorligini oshirish hamda homilaning sog‘lig‘i va yashab ketishiga imkon bermaydigan tug‘ma nuqsonlar va irsiy (xromosom) kasalliklar bilan tug‘ilishning oldini olishdan iborat.

Birinchi bosqichdagi tekshiruvlar uch marotabali majburiy ommaviy prenatal ultratovush tekshiruvlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu tekshiruv natijalariga ko‘ra, xavf-xatar guruhiga kirgan homilador ayollar “Ona va bola skrining” markazlarida ikkinchi bosqichdagi tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

Homilada tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va irsiy kasalliklar mavjud bo‘lganda homilador ayol tibbiy-genetik xulosa bilan tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va idoraviy poliklinikaga yuboriladi.

Mazkur holat haqida homilador ayol va uning yaqin qarindoshlariga, jumladan, tug‘ilgandan so‘ng chaqaloq sog‘lig‘i va hayotiga ta’siri, davolash usullari va ular bilan bog‘liq xavf-xatar darajasi, qo‘llash mumkin bo‘lgan tibbiy muolajalar va ularning oqibatlari hamda davolash natijalari to‘g‘risida to‘liq axborot beriladi.

Homilador ayol va yaqin qarindoshlarining qarori asosida tegishli tartibda chora-tadbirlar amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют