» » 4-avgust kungi test sinovlarida salkam 57 ming abituriyent ishtirok etdi

4-avgust kungi test sinovlarida salkam 57 ming abituriyent ishtirok etdi


4-avgust kungi test sinovlarida respublikadagi 15 ta OTMning 80 ta ta’lim yo‘nalishida 56 ming 949 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Turli sabablarga ko‘ra 1221 nafar abituriyent imtihonlarga kelmadi.

Tartib-qoidalarni buzganligi sababli 194 nafar abituriyent, shundan 107 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirish va o‘zgani o‘rniga kirish, 87 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanish va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

4-avgust kungi test natijalari 5-avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют