» » Ishtixonda “marixuana” va “kannabis” giyohvandlik moddasi yetishtirgan fuqaro qo‘lga olindi

Ishtixonda “marixuana” va “kannabis” giyohvandlik moddasi yetishtirgan fuqaro qo‘lga olindi


Samarqand viloyati IIB hamda Ishtixon tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari hamkorlikda Ishtixon tumani xududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi “Qoraquyli” qishlog‘ida joylashgan namunaviy uylarning birida ijarada yashab kelayotgan fuqaro T.M. yashash uyi tomorqasida giyohvand moddalarni yetishtrib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Viloyat ichki ishlar matbuoti bergan ma’lumotga ko‘ra, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda xonadon tomorqasining 195 kvadrat metr yer maydonida 242 tup o‘sib turgan “kannabis” giyohvand moddasiga o‘xshash o‘simliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Shuningdek, tekshiruvlar davomida mazkur xonadondan 24 tup yarim quritilgan holatdagi “marixuana” giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simlikni ham saqlab kelgan.

Bundan tashqari mazkur xonadondagi hojatxona tomida 16 tup, uning ichidan 15 tup ho‘l holatdagi “marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash o‘simliklar topilgan. Omborxonadan esa 988 gramm “marixuana” va 15 gramm “marixuana” giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simliklarning urug‘ini saqlab kelayotganligi aniqlangan.

T.M. yashash uyiga IIB xodimlari kelib qolganligini bilib, tomorqasida o‘sib turgan 34 tup ho‘l xolatdagi “kannabis” giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simliklarni yulib qo‘shnisining tomorqasiga devor oshirib otganligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki,  joriy yilning 6 oyi davomida Samarqand viloyatida giyohvand moddalarni sotish, o‘tkazish bilan bog‘liq 231 ta jinoyat aniqlangan. Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 taga ko‘paygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют