» » Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga yangi direktor tayinlandi

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga yangi direktor tayinlandi


Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga Nurmat Satiniyazovich Atabekov tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Atabekovga institut ilmiy darajasi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yuqumli kasalliklar sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabni qondirish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, u yuqumli kasalliklar sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni keng qo‘llash, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari vazifalarga ham mas’ul e’tib belgilandi.

NurmatAtabekov bungacha Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют