» » IIV PPX boshqarmasi boshlig‘ini o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

IIV PPX boshqarmasi boshlig‘ini o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi


Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi va unga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

Jinoyat sodir etishda gumon qilinib shahar IIBB HPB (Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) katta inspektori R.Abdullayev ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. R.Abdullayev 1985-yilda tug‘ilgan. IIV tizimida 2009-yildan ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Dilshod Akramovning murdasi 4-avgust kuni soat taxminan 21:10 da o‘z xizmat xonasida o‘lik holda topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют