» » Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori Natalya Temirova 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori Natalya Temirova 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirovaga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga yetdi, deb xabar beradi O‘zA.

Natalya Temirovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, eng kam oylik ish haqining 350 barobari miqdorida jarima va 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

– Aytib o‘tish kerakki, Natalya Temirova Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlandi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi sudyasi Bolat Sultonov. – Jumladan, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga oid jinoyatni juda ko‘p miqdorda firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishni juda ko‘p miqdorda sodir etish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansab soxtakorligi, pora berish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish, yolg‘on guvohlik berish kabi jinoyatlarni ham sodir etganlikda aybdor, deb topildi.

Toshkent yuridik kollejida ish yurituvchi kotib hamda kadrlar bo‘limi inspektori bo‘lib ishlagan Abdulaziz Salimjonov firibgarlik, pora berish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarga aloqadorligi sababli sudlandi. Sud jarayonida unga qo‘yilgan ayblar ham isbotini topdi. Unga Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik ish haqining 310 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida kollej hovlisida o‘zaro janjallashib, pichoqbozlik qilishi oqibatida ularning biri vafot etib, yana biri og‘ir tan jarohati olgandi.

Shavkat Mirziyoyev ham bu voqeaga e’tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova ushbu holatga yo‘l qo‘ygani hamda juda ko‘p miqdorda kollej mablag‘larini o‘zlashtirish, mansabini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bugun qonun oldida javob beryapti, deb qayd etgan.

Sodir bo‘lgan mudhish voqeadan keyin Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur kollejda tekshirish o‘tkazilgani natijasida bu o‘quv maskanida boshqa jinoyatlar sodir bo‘layotgani ham aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Natalya Temirovaga nisbatan 2017-yil 25-noyabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют