» » O‘zbekistonda joriy yilning birinchi yarmida soliq tushumlari 24,2 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi yarmida soliq tushumlari 24,2 trln so‘mni tashkil etdi


O‘zbekistonda joriy yilning birinchi yarmida davlat budjetiga tushgan soliq tushumlari 24,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 143,1 foizga ko‘p. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Bunda mamlakatda tadbirkorlik subyektlari soni ko‘paygani muhim rol o‘ynadi. Ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni qariyb 430 ming nafarni tashkil etmoqda. O‘tgan yilga nisbatan tadbirkorlar soni 30 mingga oshgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni esa 195 mingdan 230 mingga yetdi.

Budjetga tushumlar tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinadigan bo‘lsa, kimyo sanoati tarmog‘ida tushumlar 209 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu borada 187,3 foiz o‘sish kuzatildi.

Savdo korxonalaridan tushumlar 3,3 trillion so‘m bo‘lib, 170,7 foiz o‘sishga erishildi. Qurilish sohasi korxonalaridan tushgan tushumlar esa 1 trillion so‘mni tashkil etdi va 170,6 foiz o‘sishga erishildi.

Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan 833,5 milliard so‘m, umumiy ovqatlanish korxonalaridan 104,6 milliard so‘m, yakka tadbirkorlar, mahalliy tushumlar, boj va yig‘imlardan 2,9 trillion so‘m daromad keldi. Shu tariqa qariyb 1,5 barobar o‘sish ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют