» » Navoiyda ota-onaning beparvoligi qizchaning cho‘kishiga sabab bo‘ldi

Navoiyda ota-onaning beparvoligi qizchaning cho‘kishiga sabab bo‘ldi


Joriy yil avgust oyining boshida Navoiy viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan Qiziltepa tumanidagi “To‘dakul” suv havzasida 13:20 lar atrofida sakkiz yoshli qizcha cho‘kib ketayotganida qutqarib qolingan. Bu haqda “Vaziyat” gazetasi xabar berdi, deb yozadi Uz24.

Qutqaruvchilar qizchaga birinchi yordam ko‘rsatib, so‘ng tez tibbiy yordam xodimlariga xabar bergan. Qizaloq dam olish maskaniga ota-onasi bilan birga kelgan.

Undan avval qutqaruvchilarning biri havo bilan shishirilgan baloncha ustida cho‘milayotgan qizchaga e’tibor qaratgan. Qutqaruvchi E.Tilaboyev qizchaning yaqinlariga bu joy chuqurligi, cho‘kib ketishi mumkinligini aytib ogohlantirgan.

Shunga qaramay, ular bu gapga beparvo bo‘lgan. Oqibatda esa yuqoridagi holat yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют