» » Sardor Rashidov: Luchshan intervyu berishdan oldin ichib olgan bo‘lsa kerak. Uni professional deb hisoblamayman

Sardor Rashidov: Luchshan intervyu berishdan oldin ichib olgan bo‘lsa kerak. Uni professional deb hisoblamayman


“Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan mavsum oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida himoyachi Akmal Shorahmedovning jamoadan ketishi borasidagi savolga javob berib, bunda “Al-Jaish” sharafini himoya qilayotgan Sardor Rashidovni ham tilga olib o‘tgandi.

Birinchidan, o‘ng qanot kuchsizlanmadi. Bu joyda Dilshod Ahmadaliyev o‘ynamoqda. U “Al-Jaish” bilan o‘yinda Sardor Rashidovni “yeb qo‘ydi”. Ikkinchidan, Ahmadaliyev ko‘pchilik aytganidek mening “o‘g‘lim”.

Shorahmedov yaxshi futbolchi, yetakchi. Biroq men yoshlarni maydonga tushirishni istaganim uchun ham u bilan xayrlashdik.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Mutaxassisning bu fikrlari “Bunyodkor”ning sobiq futbolchisi Sardor Rashidovga yoqmadi. Qatarning “Al-Jaish” klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi Lushchanning fikriga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lum qildi.

Sergey Lushchan OAVga intervyu berishdan oldin ichib olgan bo‘lsa kerak va bu tabiiy xol. Lushchanning fikri men uchun kulguli bo‘ldi. Axir o‘yinda faqatgina men va Ahmadaliyev o‘ynaganimiz yo‘q. Butun bir jamoa — umumiy hisobda 22 nafar futbolchi to‘p surdi.

Men bunday intervyu berishni ahmoqlik deb bilaman. Professional murabbiy bunday gaplarni aytmagan bo‘lardi. Lushchanni professionallar safiga qo‘shmasdim, endi buni o‘zi ham isbotlab qo‘yibdi.

Sardor Rashidov, “Al-Jaish” a’zosi

Qayd etish kerak, 7-fevral kuni “Al-Jaish” va “Bunyodkor” klublari Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun Qatarda o‘zaro o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, 120 daqiqa davomida 0:0 hisobini o‘zgartira olmagandi. Penaltilar seriyasida Sardor Rashidov aniq zarba yo‘llay olmadi, yakunda esa “Bunyodkor” guruh bosqichi chiptasini qo‘lga kiritgandi.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют