» » Toshkentda onadan o‘z farzandiga jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi (video)

Toshkentda onadan o‘z farzandiga jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi (video)


Transplantatsiya jarrohligi zamonaviy tibbiyotning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Jigar sirrozi bilan og‘rigan bemor hayotini saqlab qolishning yagona yo‘li – transplantatsiya amaliyotini o‘tkazishdir. Bu haqda “Yangi davr” ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

Bunday yuqori texnologik operatsiyalar Amerika, Rossiya, Germaniya, Norvegiya, Shveysariya va Hindiston kabi tibbiyoti rivojlangan davlatlarda bajariladi.

Hozirda O‘zbekiston ham ular qatorida. O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk marotaba bemorga tirik donor qarindoshidan jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazida olib borildi.

Bundan 6 oy avval 1-marotaba ushbu markazda o‘zbek va rus jarrohlaridan iborat guruh tomonidan jigar sirrozi bilan og‘rigan 26 yoshli bemorga uning akasi 30 yoshli Hayot Dadaxo‘jayev donorligida jigar bo‘lagi transplantatsiyasi bajarilgan edi. Fursatdan foydalanib, aka-ukalarning ahvoli haqida shifokorlardan ma’lumot oldik.

– Yurtingizda ilk marotaba o‘tkazilgan jigar transplantatsiyasi amaliyotida biz ham ishtirok etgandik, – shifokor-anestiziolog, Vitaliy Pchelnikov. –  Operatsiya nihoyatda muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Kuni kecha aka-ukalarni yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazdik. Ularning ahvoli juda yaxshi. Har ikkilasining jigar faoliyati qoniqarli darajada!

Bemor Quvonchbek Zaripov asli Qashqadaryolik. Unga 2 yil oldin jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan.  Jiddiy operatsiya boshlandi. Bir xonada bemor, ikkinchi xonada uning donor onasi. Bir guruh tajribali shifokorlar amaliyotga kirishishdi.

Jigar transplantatsiyasi amaliyoti 12—14 soat davom etadi. Har ikki bemorning ahvoli haqida keyingi dasturlarda xabar beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют