» » Olmazor Business Сity’ni barpo etish ishlari boshlandi

Olmazor Business Сity’ni barpo etish ishlari boshlandi


Olmazor tumanida zamonaviy, yuksak me’moriy qiyofaga ega bo‘lgan Olmazor Business Сity barpo etish ishlari boshlandi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmatiga tayanib Uz24 xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni mamlakat hududlarida Business City formatidagi ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Qaror shahar va tuman markazlarining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, asosiy turistik yo‘nalishlarda zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek aholi va mamlakat mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan.

Respublikada birinchi bo‘lib Olmazor tumanida 23,5 gektarga ega bo‘lgan zamonaviy ishbilarmonlik markazi Direksiyasi tashkil etildi. Ushbu markaz chuqur va har tomonlama puxta ishlab chiqilgan Konsepsiyaga asosan tashkil etildi. Xususan, ko‘p qavatdan iborat bo‘lgan zamonaviy turar joylar va apartamentlar, zamonaviy savdo va ijtimoiy majmualar hamda saylgohlar qurish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют