» » Xitoylik ayolning o‘pkasidan u 40 yil avval yutib yuborgan ruchka qopqog‘ini topishdi

Xitoylik ayolning o‘pkasidan u 40 yil avval yutib yuborgan ruchka qopqog‘ini topishdi


Xitoyning Shandun provinsiyasida yashovchi ayolning o‘pkasidan u 40 yil avval yutib yuborgan ruchka qopqog‘ini topishdi, deb yozadi Daily Mail.

49 yoshli ayol qornidagi og‘riqdan shikoyat qilib shifokorga murojaat etgan. Dastlab tos suyagi sohasidagi organlar shamollashi tashxisi gumon qilingan, ammo rentgen ko‘krak qafasidagi qora dog‘ni ko‘rsatgan. Kompyuter tomografiyasi o‘ng o‘pkaning pastki qismida yot jism borligini tasdiqlagan. Endoskopik operatsiya chog‘ida u yerdan ruchka qopqog‘i chiqarib olingan.

Ayol uni 9 yoshida maktabda tasodifan yutib yuborganini aytdi. Shifokorlar oshkora simptomlarni ko‘rmay, qopqoq tabiiy yo‘l bilan organizmdan chiqib ketgan degan xulosaga kelgan. Aslida esa u o‘pkada qolgan va ayol 30 yoshidan buyon azob chekadigan yo‘tal xurujlariga sababchi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют