» » Toshkentda Olmazor Business city’ni barpo etish ishlari boshlandi

Toshkentda Olmazor Business city’ni barpo etish ishlari boshlandi


Toshkent shahrining Olmazor tumanida zamonaviy, yuksak me’moriy qiyofaga ega bo‘lgan Olmazor Business city’ni barpo etish ishlari boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni mamlakat hududlarida Business city formatidagi ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Qaror shahar va tuman markazlarining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, asosiy turistik yo‘nalishlarda zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek aholi va mamlakat mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan.

Qurilishlar buyurtmachi, muvofiqlashtiruvchi va nazoratchisi vazifasini Toshkent hokimliklari huzuridagi har bir city uchun tashkil etiluvchi direksiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Respublikada birinchi bo‘lib Olmazor tumanida 23,5 gektarga ega bo‘lgan Olmazor Business city zamonaviy ishbilarmonlik markazi direksiyasi tashkil etildi. Ushbu markaz chuqur va har tomonlama puxta ishlab chiqilgan konsepsiyaga asosan tashkil etildi. Xususan, ko‘p qavatdan iborat bo‘lgan zamonaviy turar joylar va apartamentlar, zamonaviy savdo va ijtimoiy majmualar hamda sayilgohlar qurish ko‘zda tutilgan.

Olmazor Business city hududida investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida soliq va bojxona imtiyozlari joriy etilgan, chet el investorlari va mutaxassislar uchun viza va ishga jalb qilish tartiblari soddalashtirilgan.

Olmazor Business city direksiyasi barcha mahalliy va chet el investorlarini ushbu markazga jalb qilish uchun hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют