» » Shavkat Mirziyoyev xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyevaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyevaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Halima Xudoyberdiyeva 17-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)da ta’ziyanoma e’lon qilindi.

“Yorqin iste’dod egasi, ulkan so‘z san’atkori Halima Xudoyberdiyeva o‘zining sermazmun, badiiy yuksak she’r va dostonlari, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan publitsistik maqolalarida aziz Vatanimiz va xalqimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat, mo‘tabar ayol va ona siymosiga ehtirom tuyg‘ularini beqiyos mahorat bilan tarannum etdi. Uning yorqin milliy ruh va hayotiy falsafa bilan yo‘g‘rilgan betakror ijodi o‘zbek adabiyoti xazinasidan, el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egalladi”, — deyiladi ta’ziyanomada.

Qayd etilganidek, Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub o‘nlab badiiy asarlar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilindi. O‘z navbatida, u jahon va qardosh xalqlar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, “milliy adabiyotimizni boyitishga salmoqli hissa qo‘shdi”. Halima Xudoyberdiyeva jonkuyar tashkilotchi sifatida jamoat ishlarida, O‘zbekistondagi madaniy va ma’rifiy yangilanish jarayonlarida faol ishtirok etdi. Umrining oxiriga qadar “Dugonalar” jurnaliga rahbarlik qilib, @yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda fidoyilik namunasini ko‘rsatdi”.

“Bugungi kunda Halima Xudoyberdiyevaning ijod maktabida tarbiya olgan, o‘zbek adabiyotida o‘zining mustahkam o‘rnini topgan ko‘plab iste’dodli ijodkorlar uni o‘zlarining mehribon va talabchan ustozi deb e’tirof etadilar va qadrlaydilar. Atoqli so‘z san’atkori Halima Xudoyberdiyevaning o‘zbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U ‘O‘zbekiston xalq shoiri’ faxriy unvoni, ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan mukofotlangan edi. Xalqimizning ardoqli farzandi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Halima Xudoyberdiyevaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi O‘zbekiston rahbariyati nomidan e’lon qilingan ta’ziyanomada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют