» » O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2016-yilda 151 mln dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2016-yilda 151 mln dollarni tashkil etdi


Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan chop etilgan statistikaga ko‘ra, Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 2016-yilda 151 million dollarni tashkil etgan. Bu 2015-yilga nisbatan 43 foizga ko‘p, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Bu raqamlarni Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan o‘z nutqida ma’lum qildi.

O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga asosan paxta va qora metallar eksport qilinadi. Buyuk Britaniyadan importning asosiy tarmoqlarini xizmatlar, texnika va qurilmalar, ximikatlar, farmasevtik preparatlar va iste’mol tovarlari tashkil etadi.

Bugungi kunda Britaniya kompaniyalari O‘zbekiston bozorining audit, moliya va huquq, loyihalarni boshqarish, injiniring, inspeksiyalar, ta’lim va konferensiyalarni tashkil etish sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan faol o‘zbek kompaniyalariga “O‘zbekinvest” va “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni misol tariqasida keltirish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют