» » Toshkentning markaziy ko‘chasida ilk bepul Wi-Fi zonasi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentning markaziy ko‘chasida ilk bepul Wi-Fi zonasi sinovdan o‘tkazilmoqda


Toshkent shahrining Saylgoh ko‘chasida poytaxt aholisi uchun ilk bepul Wi-Fi zonasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

TasNet deb nom olgan loyiha Innovo.Tech kompaniyasi tomonidan shahar hokimligi turizmni rivojlantirish departamenti va hokimlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi ko‘magida bajarilmoqda.

Tajriba tariqasidagi loyiha to‘liq kompaniya mablag‘i hisobidan amalga oshirilmoqda. Keyinchalik fodalanuvchilar internet tarmog‘iga ulanganda reklama sotish hisobiga xarajatlarni qoplash ko‘zda tutilgan.

Loyiha o‘zini oqlagan taqdirda bepul Wi-Fi zonalari Toshkent shahrining boshqa jamoat joylari — maydonlar, bozorlar va bog‘larda paydo bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют