» » ATKR vaziri orinbosari Kim Nam Sok Ozbekistondagi faoliyatini yakunladi

ATKR vaziri orinbosari Kim Nam Sok Ozbekistondagi faoliyatini yakunladi


Ozbekiston bilan mehnat shartnomasi muddati tugagani munosabati bilan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining orinbosari AKT boyicha maslahatchi, janubiy koreyalik Kim Nam Sok Ozbekistondagi faoliyatiga yakun yasadi.

Bu haqda, Gazeta.uzning yozishicha, vazirlik matbuot xizmati xabar qilgan.Kim Nam Sok Ozbekistondagi faoliyatini 2013-yilda boshlagan edi.

Bir vaqtning ozida u bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori AKT boyicha maslahatchi Li Chul Su ham Ozbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda.

Kim Nam Sok Janubiy Koreyaning elektron hukumat va AKTni jadal rivojlantirish boyicha tajribasini ozlashtirish asosida ishlab chiqilgan 20132020-yillarda Ozbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini shakllantirishda faol ishtirok etgan. Shuningdek, u Ozbekistonning barcha hududlarida bolib, davlat va mahalliy boshqaruv organlari xodimlari uchun oquv seminarlari otkazgan.

Uning taklif-tavsiyalari asosida mamlakatda Elektron hukumat tizimini rivojlantirish hamda Axborot xavfsizligini taminlash markazlari faoliyati yolga qoyilgan. Kim Nam Sok elektron hukumat va iqtisodiyotning real sektori uchun axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi LG CNS Uzbekistan qoshma korxonasining tashkil etilishida ham jonbozlik korsatgan.

Kim Nam Sok 2016-yilda Ozbekiston Prezidentining farmoniga kora Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan edi.

Kim Nam Sok Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga, Ozbekiston hukumatiga mamlakatda samarali mehnat qilishi uchun yaratib berilgan qulay shart-sharoitlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi, deyiladi vazirlik axborotida.

Kim Nam Sok (1956-yilda tavallud topgan) Kyonson oliy maktabi (1975-yil) va Xanyan universiteti (1980), Arizona universiteti (AQSh, 1986) va Songyungvan universiteti (Janubiy Koreya, 1989) bitiruvchisi. Muqaddam Janubiy Koreya davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirining birinchi orinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (17-02-2017, 23:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -