» » Jizzax shahridagi mehribonlik uyiga 160 ta badiiy kitob va o‘quv qurollari hadya qilindi

Jizzax shahridagi mehribonlik uyiga 160 ta badiiy kitob va o‘quv qurollari hadya qilindi


Qurbon hayiti munosabati bilan Jizzax shahridagi 29-Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 98 nafar bola uchun bayram tantanasi tashkil etildi. Muassasaga 160 badiiy kitob va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi, deb yozadi O‘zA.

Chegara qo‘shinlari harbiy qismlaridan birining tashabbusi bilan tashkil etilgan bayram tadbirida harbiylar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi, jangovar mashqlarni bolalar katta qiziqish bilan tomosha qildi. Tadbirda bolalar badiiy havaskorlik jamoasining konserti ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

“Qurbon hayiti munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bolalarimizda milliy, diniy qadriyatlarimiz shakllanishi, yaxshilik, mehr-muruvvat, saxovat, Vatanga muhabbat kabi ezgu tuyg‘ularini o‘stirishga xizmat qiladi, — deydi muassasa rahbari Norqul Tog‘ayev. — Davlatimizning g‘amxo‘rligi bilan hech narsaga zoriqmay ulg‘ayayotgan bolalar ana shunday muruvvat, ma’rifat tadbirlarida xalqimizning, jamoatchilikning e’tiboridan chetda emasliklarini yanada chuqurroq his etishadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют