» » Fransiya kompaniyalari konsorsiumi “Chorvoq” erkin turistik zonasida loyihalarni amalga oshirishda qatnashadi

Fransiya kompaniyalari konsorsiumi “Chorvoq” erkin turistik zonasida loyihalarni amalga oshirishda qatnashadi


22-avgust kuni Fransiyadagi O?zbekiston elchixonasida Bosh vazir o?rinbosari Aziz Abduhakimov Orex-Loisirs va SCP Geode fransuz kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar Fransiyaning turizm va rekreatsion zonalar yaratish sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini “Chorvoq” erkin turistik zonasini yaratish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarga jalb qilish masalalarini muhokama qildi. Mashhur mahalliy brendlarni jalb qilish, plyaj hordig?i, suv sporti turlari, tibbiyot hamda ekstremal turizm bilan bog?liq xizmat ko?rsatuvchi turistik obyektlarni yaratish, golf maydonlarini qurish, Chimyonda tog? klasterini tashkil qilish kabilar shular jumlasidandir.

Muzokaralar yakunlariga ko?ra, tomonlar 28—31-avgust kunlari Orex-Loisirs, SCP Geode, Compagnie des Alpes kabi fransuz kompaniyalari ekspertlarining O?zbekistonga tashrifini tashkillashtirishga kelishib oldi. Tashrif davomida “Chorvoq” erkin turistik zonasidagi loyihalarni amalga oshirish va aniq vazifalarni belgilab olishga doir muzokaralar o?tkaziladi. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda fransuz kompaniyalarining asosiy hamkorlari O?zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo?yicha davlat qo?mitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo?mitasi etib belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют