» » Bill Geyts dunyoni bioterrorizm xavfi haqida ogohlantirdi

Bill Geyts dunyoni bioterrorizm xavfi haqida ogohlantirdi


Dunyo yaqinda terrorizmning yangi turiga duch keladi, u ommaviy qirg‘in quroli sifatida sun’iy tarzda yaratilgan viruslardan foydalanadi. Bu haqda Microsoft asoschisi Bill Geyts ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada nutq so‘zlayotib, Geyts butun dunyo bo‘ylab 30 millionga yaqin kishi navbatdagi epidemiya qurbonlariga aylanishi mumkinligini aytdi, u, uning fikricha, chechak yoki gripp virusining yangi turi orqali kelib chiqadi. Bu yaqin 10—15 yil ichidayoq yuz berishi mumkin.

U 1918-yilgacha kamida 50 million kishini hayotdan olib ketgan ispan grippi epidemiyasini tilga oldi.

“Zamonaviy texnologiyalar ushbu halokat takrorlanishining oldini olishi mumkin, ammo buning uchun ushbu muammoga yadroviy tiyilish va terrorizmga qarshi kurash masalalaridan kam bo‘lmagan e’tibor qaratilishi kerak”, — dedi Geyts.

Nashr ta’kidlashicha, Bill Geyts va rafiqasi Melindaning jamg‘armasi turli kasalliklarga qarshi vaksinalar dunyoning eng qashshoq mamlakatlariga yetkazib berilishi uchun milliardlab dollar investitsiya kiritadi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют