» » AQSh “DXR” va “LXR” pasportlarining Rossiya tomonidan tan olinganidan xavotirga tushdi

AQSh “DXR” va “LXR” pasportlarining Rossiya tomonidan tan olinganidan xavotirga tushdi


AQShning Ukrainadagi elchixonasi “Donetsk xalq respublikasi” (“DXR”) va “Lugansk xalq respublikasi” (“LXR”)dagi ayrim tumanlar aholisi hujjatlarining Rossiya tomonidan tan olinishi Minsk shartnomasi maqsadlariga zid ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda elchixonaning Twitter’dagi sahifasiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Kiyev hukumati nazoratida bo‘lmagan “DXR” va “LXR”da berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning Kreml tomonidan tan olishini qoraladi. Ukraina TIVning fikricha, Kremlning mazkur qarori Donbassning bosib olingan hududlaridagi “noqonuniy hukumat organlarining aslida ham tan olinishi”ni bildiradi.

“Rossiya tomoni yana bir bor Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Minsk shartnomasining asosiy g‘oya va tamoyillarini buzdi”, — deya Ukraina TIV xalqaro hamkorlarini Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmonini xalqaro huquqning buzilishi deb qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-fevral kuni “DXR” va “LXR” ma’muriyati tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni vaqtincha haqiqiy deb tan olish bo‘yicha tegishli farmonni imzoladi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют