» » Yagona portalda yangi interaktiv xizmatlar paydo bo‘ldi

Yagona portalda yangi interaktiv xizmatlar paydo bo‘ldi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish” hamda “Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish” xizmatlari paydo bo‘ldi.

Ikkala xizmat ham jismoniy shaxslarga bepul tarzda ko‘rsatiladi.

Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli eng kam ish haqining ikki barobariga teng. Oylik maoshga tuman koeffitsiyentlari belgilangan joylarda, nafaqa miqdori ularni hisobga olgan holda aniqlanadi. Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga nafaqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan, boshqalarga esa — ish yoki o‘qish joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют