» » Namanganda bojxonachilar sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarini to‘xtatib qoldi

Namanganda bojxonachilar sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarini to‘xtatib qoldi


Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan chegaradosh hududda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Tezkor tadbir davomida fosh etilgan yana bir bojxona qoidabuzarligida respublika hududiga sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.

Fuqaro O.A. boshqaruvidagi avtomashina chegara oldi hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida xorijda yetishtirilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, muqaddam qo‘shni davlatdan noqonuniy ravishda, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 4 tonna og‘irlikdagi kivi, apelsin, ananas kabi sitrus mevalar ortilganligi aniqlandi.

Jami qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, salkam 102 million so‘mni tashkil qilgan mazkur mevalar ashyoviy dalillar sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют