» » Tailandda noyob baliqlarga yemish bergan rossiyalik sayyoh hibsga olindi

Tailandda noyob baliqlarga yemish bergan rossiyalik sayyoh hibsga olindi


Tailand janubidagi Andaman dengizining Racha-Yay orolida baliqlarga yemish bergan rossiyalik sayyoh ayol hibsga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Phuket Gazette nashriga ko‘ra, ayol Tailand dengiz va qirg‘oq resurslari departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va Pxuket orolidagi politsiya bo‘limga keltirilgan. Unga maxsus qo‘riqlanadigan hududda o‘zini tutish qoidasini buzganlik aybi qo‘yildi va ozod etilishi uchun 100 ming bat (2,8 ming dollar) miqdoridagi garov puli belgilandi. Sayyoh garov pulini to‘lashi va sud qarori chiqarilguniga qadar Tailandda qolishi lozim. 

Tailandda noyob baliqlarni nafaqat ovlash, hatto ovqatlantirish ham man etilgan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, bunday xatti-harakat jinoyat sifatida baholanadi va 2,8 ming dollargacha jarima yoki bir yilgacha qamoq jazosi belgilanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют