» » Namanganda fohisha bilan qo‘lga tushgan erkak profilaktika inspektoriga pora berishga urindi

Namanganda fohisha bilan qo‘lga tushgan erkak profilaktika inspektoriga pora berishga urindi


Namangan shahar IIB profilaktika katta inspektori rahbariyatga unga pora taklif etilayotgani haqidagi bildirgi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

28-avgust kuni Namangan shahri, 1-kichik tumanda yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan R.Zulfiya yashash xonadonida fohishalik bilan shug‘ullanayotgani aniqlanadi. U navbatdagi “mijoz” — To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan V.Nosirning ko‘nglini ovlayotganida qo‘lga tushadi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida erkak huquq-tartibot xodimiga pora berishga urinadi.

Ushbu holat bo‘yicha viloyat IIB va Namangan shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida V.Nosir profilaktika inspektoriga hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga 500 ming so‘m bergan vaqtida ushlandi.

Ushbu holat bo‘yicha shahar prokuraturasi tomonidan shu kunning o‘zida V.Nosirga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют