» » Toshkent davlat texnika universiteti talabalari Nagoya universitetida bepul ta’lim olishi mumkin

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari Nagoya universitetida bepul ta’lim olishi mumkin


O‘zbekistonda Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati, professor R.Noyorining tashrifi davom etmoqda, deb yozadi O‘zA.

Sohaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov uchrashdi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida ilm-fan sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni Yaponiyaning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirishni tashkil etish, qo‘shma ilmiy hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida Toshkent davlat texnika universiteti va Yaponiyaning Nagoya universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumda o‘zbekistonlik iqtidorli talabalar Nagoya universitetida bepul ta’lim olishi nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют