» » O‘zbekistonlik Diana Shelkova xalqaro go‘zallik tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik Diana Shelkova xalqaro go‘zallik tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi


O‘zbekistonlik Diana Shelkova “Koinot go‘zali — 2018” xalqaro tanlovda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda tanlov matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Hakamlar tanlovning birinchi uchta g‘olibini aniqladi.

“Koinot Go‘zali 2018” unvoni rossiyalik Irina Sorokinaga berildi. “Ikkinchi Koinot Go‘zali 2018” unvoni belaruslik Yekaterina Dubrovskayaga topshirildi.

Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Irina Sorokinaga diplom va homiylar va sheriklardan sovg‘alar berildi. Shuningdek, u 2019-yilda hakamlar tarkibida ishtirok etish huquqni ham qo‘lga kiritdi.

“Ikkinchi Koinot Go‘zali 2018” unvonini olgan Dubrovskaya ishtirok etganligi haqida elektron diplom va 2019-yilda hakamlar tarkibida bo‘lish huquqini oldi.

O‘zbekistonlik Diana Shelkovaga esa tanlovda ishtirok etganligi haqida elektron diplom berildi.

Tashkilotchilar 2019-yilda loyihani formatini o‘zgartirishi munosabati bilan shu yilda tanlov finali onlayn-shaklda o‘tkazildi.

2019-yilda loyiha go‘zallik tanlovi sifatida bo‘lmaydi. Endi “Koinot Go‘zali 2019” loyihasi go‘zallik va ijod xalqaro festivali sifatida o‘tkaziladi.

2019-yil mart-aprelda Moskvada loyihaning uchinchi finali o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют