» » Fotoreportaj: Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy bilim yurtlarida kursantlar qasamyod qabul qildi

Fotoreportaj: Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy bilim yurtlarida kursantlar qasamyod qabul qildi


O‘zbekistondagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari 1-sentabr kuni tantanali ravishda harbiy qasamyodni qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan tantanada akademiyaning umumqo‘shin fakulteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetiga joriy yilda o‘qishga kirgan kursantlar harbiy qasamyod qabul qilishdi.

Tantanali tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda kursantlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida hamda Jizzax shahridagi Sharof Rashidov maydonida Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari ham ana shunday hayajonli marosimda ishtirok etishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют