» » Mudofaa vazirligi sport majmuasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun bayram sayli o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi sport majmuasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun bayram sayli o‘tkazildi


Mudofaa vazirligi sport majmuasida O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sport musobaqasi, konsert dasturi va bayram sayli o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Tadbir ishtirokchilari sportning shaxmat-shashka, arqon tortish, stol tennisi, mini-futbol, voleybol, badminton kabi turlari bo‘yicha bellashuvlarni tomosha qildi. Musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

Bolalar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari va tomoshalar, vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlov, qurol-aslaha ko‘rgazmasi hamda oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari tomonidan qo‘l jangi san’ati elementlari bilan chiqishlar, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestri jamoasi hamda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi tadbirlar Toshkent, Markaziy, Sharqiy, Shimoli-g‘arbiy va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglarida ham keng ko‘lamda o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют