» » Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka taklif etmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka taklif etmoqda


O‘zbekistonda sport jihozlari va inventarlarini xarid qilishda shaffof tizim yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan eng ilg‘or va sifat ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganlarini o‘rganish maqsadida Toshkentdagi Taekvondo WTF assotsiatsiyasi zalida 7-sentabr kuni ko‘rgazma tashkil etilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan respublikadagi sport inshootlari uchun 90 turdagi 30 milliard so‘mlik sport jihozlari va inventarlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Ularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olinib, g‘oliblarni aniqlashda shaffof va adolatli tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur ko‘rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sport sohasi vakillari va barcha qiziqish bildirganlar ishtirok etishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют