» » O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra amallarini bajarish uchun Saudiyaga uchib ketdi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra amallarini bajarish uchun Saudiyaga uchib ketdi


O‘zbekistonlik ziyoratchilarning 230 nafardan iborat dastlabki guruhi 20-fevral kuni umra amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmatining qayd etishicha, guruh tarkibidan to‘rt nafar ishchi guruhi vakili, to‘rt nafar oshpaz, ikki nafar shifokor o‘rin olgan.

Xabar berishlaricha, joriy yil 20-fevralidan 11-apreliga qadar o‘zbekistonlik fuqarolarni umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish rejalashtirilgan.

Bahor mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida Masjidi nabaviydan 100—150 metr masofada joylashgan to‘rt yulduzli “Nur Mavadda” mehmonxonasi, Makka shahrida esa Haram masjididan 500—550 metr uzoqlikdagi “Abroj al-Kisva” mehmonxonasi tayyorlab qo‘yilgan.

Bahorgi umra ziyoratida jami 5350 nafar o‘zbekistonlikning “Toshkent—Jidda—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 24 ta charter reysida safari tashkil etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют