» » Toshkent shahar IIBB: Yosh bolani oldiga o‘tqazib, Spark mashinasini haydab ketayotgan ayolga nisbatan choralar ko‘riladi (video)

Toshkent shahar IIBB: Yosh bolani oldiga o‘tqazib, Spark mashinasini haydab ketayotgan ayolga nisbatan choralar ko‘riladi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda tizzasiga yosh bolani o‘tqazib, Spark mashinasini haydab ketayotgan ayol aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Videoda ayol bunga tanbeh bergan boshqa haydovchini haqoratlayotgani, nojo‘ya qiliqlar qilgani tasvirlangan.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, videodagi ayolga nisbatan choralar ko‘riladi. Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB uning shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

IIBB 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘i va yengil avtomobilning old o‘rindig‘ida bolalarni ushlab turuvchi maxsus vositalarsiz olib yurish taqiqlanishi, shuningdek, haydovchi xavfsizlik kamarini taqishga majbur ekanligini eslatgan. Bu qoidalarga rioya etmaslik jarima qo‘llanishi va ma’lum muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etishga olib kelishi bildirilgan.

Eng asosiysi, bunday o‘zboshimchalik bolaning hayotini jiddiy xavf ostiga qo‘yish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют