» » Bugun UEFA Millatlar Ligasi boshlanadi. Bu qanday musobaqa o‘zi?

Bugun UEFA Millatlar Ligasi boshlanadi. Bu qanday musobaqa o‘zi?


Bugun, 6-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasi musobaqasi start oladi. Musobaqa haqida “Championat.asia” ma’lumotlarni taqdim etdi.

Bu musobaqa Yevropadagi terma jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini egallaydi va jamoalarga o‘ziga daraja bo‘yicha teng bo‘lgan raqib bilan o‘ynash imkonini beradi. Musobaqada Yevropaning 55 jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar JCh—2018 dan keyingi reytingiga qarab to‘rtta ligaga (A, B, C, D) bo‘lingan.

“A” ligada Yevropaning eng kuchli 12 ta jamoasi ishtirok etadi. Keyingi 12 ta jamoa “B” ligada qatnashadi, navbatdagi 15 ta jamoasi esa “C” ligada, qolgan 16 tasi “D” ligada o‘ynaydi. Har bir ligada 4 tadan guruh bo‘ladi. “A” liganing o‘z guruhlarida g‘olib jamoalari Yevropa chempionati—2020 ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

“A” liga

“B” liga

“C” liga

“D” liga

O‘yinlar 2018-yilning sentabr-noyabr oylarida uyda va mehmonda bo‘lib o‘tadi (har bir terma jamoa guruh sig‘imiga ko‘ra 4 yoki 6ta o‘yin o‘tkazadi).

“A” ligasidagi to‘rt guruh g‘oliblari 2019-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga chiqadi. Mezbonlarni UEFA 2018-yilning dekabr oyida ishtirokchilar orasidan tanlab oladi. Final bosqichida yarim final bahslarida g‘olib bo‘lgan ikki jamoa finalda o‘ynaydi. Mag‘lublar 3-o‘rin uchun bahsda ishtirok etishadi. UEFA Millatlar ligasi birinchi g‘olibi 2019-yilning 9-iyun kuni ma’lum bo‘ladi. B, C va D guruhi g‘oliblari yuqori ligaga ko‘tarish uchun uchrashuvlar o‘tkazadi. A, B va C liga guruhlarida so‘nggi o‘rinni egallagan jamoalar bitta past ligaga tushadi.

“A” liga

6-sentabr

Germaniya - Fransiya

7-sentabr

Italiya - Polsha

8-sentabr

Shveysariya - Islandiya

Angliya - Ispaniya

9-sentabr

Fransiya - Niderlandiya

10-sentabr

Porutgaliya - Italiya

11-sentabr

Islandiya - Belgiya

Ispaniya - Xorvatiya

“B” liga

6-sentabr

Chexiya - Ukraina

Uels - Irlandiya

7-sentabr

Turkiya - Rossiya

8-sentabr

Shimoliy Irlandiya - Bosniya va Gersegovina

9-sentabr

Ukraina - Slovakiya

Daniya - Uels

10-sentabr

Shvetsiya - Turkiya

11-sentabr

Bosniya va Gersegovina - Avstriya

“C” liga

6-sentabr

Sloveniya - Bolgariya

Norvegiya - Kipr

7-sentabr

Litva - Serbiya

Ruminiya - Chernogoriya

Albaniya - Isroil

8-sentabr

Finlyandiya - Vengriya

Estoniya - Gretsiya

10-sentabr

Shotlandiya - Albaniya

“D” liga

6-sentabr

Qozog‘iston - Gruziya

Latviya - Andorra

Armaniston - Lixtenshteyn

Gibraltar - Makedoniya

7-sentabr

Ozarbayjon - Kosovo

Farer orollari - Malta

8-sentabr

Belarus - San-Marino

Lyuksemburg - Moldova



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют