» » Taniqli bokschi Konstantin Szyu Toshkentga keldi (fotogalereya)

Taniqli bokschi Konstantin Szyu Toshkentga keldi (fotogalereya)


Kecha, 5-avgust sanasida Toshkentdagi “Universal” sport saroyida boks bo‘yicha sobiq Yevropa va Jahon chempioni, professional boksda o‘z vaqtida WBC, WBA, IBF yo‘nalishlarida chempionlik kamariga egalik qilgan Konstantin Szyu ishtirokida master-klass tashkil etildi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Tadbir Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Konstantin Szyu yosh bokschilar bilan mashg‘ulotlar olib bordi. Tadbir davomida muxlislar Szyu bilan suhbatlashib, suratga ham tushishdi. Yakunda sobiq bokschiga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan maxsus sovg‘ani Bosh kotib Jasur Matchanov topshirdi.

“Yoshim ellikka yaqinlashib qoldi. Ammo, har kuni mashg‘ulot o‘tkazaman. Chunki o‘zimga-o‘zim va’da berganman. Sizga ham maslahatim shu. O‘zingizga va’da bering va buni amalga oshiring. Mashg‘ulotlarni to‘xtatmang. O‘z maqsadingiz sari intilishda davom eting. Albatta orzuingizga erishasiz”, – dedi Szyu o‘zbekistonlik yosh bokschilarga qarata.

Ma’lumotnoma:

To‘liq ismi: Konstantin Borisovich Szyu

Fuqaroligi: Rossiya, Avstraliya

Tug‘ilgan sanasi: 1969-yil, 19-sentabr

Tug‘ilgan joyi: Serov, Sverdlovsk oblasti.

Yashash joyi: Rossiya, Moskva.

Professional boksda: 34ta jang (31ta g‘alaba, 2ta mag‘lubiyat, 1ta jang amalga oshmagan)

Havaskor boksda: 282ta jang (270ta g‘alaba, 12ta mag‘lubiyat)

Jahon chempionatida:

1989-yil, bronza (Moskva)

1991-yil, oltin (Sidney)

Yevropa chempionatida:

1989-yil, oltin (Afina)

1991-yil, oltin (Gyoteborg).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют