» » Hindistonlik yigit o‘z dafn marosimiga ketish yo‘lida “tirildi”

Hindistonlik yigit o‘z dafn marosimiga ketish yo‘lida “tirildi”


Hindistonning Karnataka shtati Maragundi tumanidagi Darvad qishlog‘i fuqarosi o‘z dafn marosimiga ketishda “tirildi”, deb yozadi Times of India.

Bir oy avval 17 yoshli Kumar Marevadni daydi it qopib olgan, shundan so‘ng bir necha hafta davomida baland harorat bilan isitmalagan edi. Uning ahvoli keskin yomonlashgach, uni kasalxonaga yotiqizishgan, so‘ng esa o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiyalash apparatiga ulashgan edi.

Shifokorlar Kumarning qarindoshlariga infeksiya uning butun tanasiga tarqalib ketgani va u apparatsiz yashab ketmasligini aytgan. Shunga qaramay, uning oila a’zolari qimmatbaho muolajalarga qurbi yetmasdan, o‘spirinni uyga olib ketishga qaror qilgan.

Keyinroq yigitda harakatlanish va nafas olish belgilarini ko‘rmagach, yaqinlari uni o‘ldiga chiqargan va milliy udumlarga muvofiq dafn marosimini tashkillashtirgan. Biroq “murda” marosim joyiga borish yo‘lida ko‘zini ochib, qo‘l-oyoqlarini qimirlatdi va tez-tez nafas ola boshladi.

Bemor og‘ir ahvolda tezda kasalxonaga yetkazildi va yana tiriklikni ta’minlash apparatiga ulandi. Shifokorlar fikricha, yigit meningoensefalit — it tishlashi sabab bo‘lgan infeksiyaga chalingan.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 09:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют