» » Namanganda erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi

Namanganda erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi


“Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar beriladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida.

Farmonga muvofiq Namangan viloyati Chust tumanida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

“Namangan” EIZning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

“Namangan” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati u tashkil etilgan kundan boshlab, mazkur muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.

Shuningdek Farmon bilan Namangan viloyati Chust tumanida bojxona posti tashkil etilishi belgilandi.

“Namangan” EIZ bilan bog‘liq barcha tashkilish ishlar 2019-yil 10-yanvarga qadar yakunlanishi lozim.

Bundan tashqari Farmon bilan “Namangan” EIZning transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur dasturni amalga oshirish uchun 11 mlrd 570 mln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar mamlakatda 17 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bular “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon”, “Hazorasp”, “Sirdaryo”, farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm”, “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonalari shuningdek, turizmga ixtisoslashgan “Chorvoq” erkin turistik zonasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют