WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentning Yunusobod tumani hokimi pora olish vaqtida qo‘lga olindi
Toshkentning Yunusobod tumani hokimi pora olish vaqtida qo‘lga olindi
Toshkentning Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olish vaqtida qo‘lga tushirildi, u yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha pora olmoqchi bo‘lgani taxmin etilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib. Tuman ma’muriyati rahbari 7-sentabr, juma kuni o‘z ishxonasida qo‘lga olingan.
Baxtiyor Abdusamatov (1976-yilda tug‘ilgan, 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan) Yunusobod tumaniga 2017-yil aprelida hokim etib tayinlangan edi. Ungacha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?
КТО НА САЙТЕ?
( 81)
( 0)
( 80)
( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей...
- отсутствуют