WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Pepe futbol tarixiga kirdi
Pepe futbol tarixiga kirdi
Kecha, 10-sentabr sanasida Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi o‘yinlari doirasida Italiyaga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoa himoyachisi 35 yoshli Pepe esa Portugaliya safidagi 101-uchrashuvini o‘tkazdi. Pepe bu orqali Yevropadagi terma jamoa safida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan ilk Janubiy amerikalik futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Pepe 1983-yil 26-fevralda Braziliyaning Maseyo shahrida tug‘ilgan. U 20 yoshigacha Braziliya termasidan taklif kutgan. Keyin esa Portugaliya fuqaroligini qabul qilib, 2008-yilda terma jamoa safidagi ilk uchrashuvida maydonga tushgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?