» » Farg‘ona viloyatida bir nechta qarzdorning mol-mulki xatlov qilindi

Farg‘ona viloyatida bir nechta qarzdorning mol-mulki xatlov qilindi


Farg‘ona viloyatida Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamkorligida imzolangan bir qator hujjatlarga binoan soliq qarzdorliklarini sud tartibida undirish ishlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyat Davlat soliq boshqarmasining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, 26—30-avgust kunlari Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari hamda Dang‘ara tumanida o‘zaro hamkorlikda xatlov tadbirlari o‘tkazildi. Unga ko‘ra, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan jami 2294,3 milion so‘m qarzdorligi bo‘lgan 8 ta tadbirkorlik subyektining mol-mulki xatlovga olinib, 53,7 million so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirildi. Masalan, Qo‘qon shahar iqtisodiy sudining qaroriga asosan, Qo‘qon shahridagi “Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish” DUKning 1207,0 million so‘mlik qarzi evaziga korxonaning 830,0 million so‘m qiymatdagi mol-mulki hamda 377,0 million so‘mlik 7 turdagi transport vositasi xatlovga olindi.

Shuningdek, Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan, Farg‘ona shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan Uzsalaman AJ qo‘shma korxonasining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan jami 696,6 million so‘mlik qarzi evaziga aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina hamda GAZ rusumli avtobus xatlovga olindi.

Dang‘ara tumanida esa “Ishonch Oqtepa jilosi” MChJ soliq to‘lovlaridan bo‘lgan 161,2 million so‘mlik qarzi evaziga, sud qaroriga asosan, MChJga tegishli bo‘lgan 100 million so‘mlik bino-inshooti xatlovga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют