» » Krasnoyarskda bemor kasalxonaning 12-qavatidan qulab, omon qoldi

Krasnoyarskda bemor kasalxonaning 12-qavatidan qulab, omon qoldi


Politsiya Krasnoyarsk o‘lkasidagi kasalxonalardan birida bemorning derazadan pastga qulashi sababini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiya IIV o‘lka boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Hodisa 19-fevral, yakshanba kuni Jeleznogorsk klinik kasalxonasida ro‘y berdi. Ertalabki soat 8 atrofida hamshira 12-qavat derazasida turgan erkakni ko‘rib, uni chaqirgan, biroq kech bo‘lgandi. Yer qor bilan qoplangani zarbani yengillashtirdi va bemor tirik qoldi”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati vakili.

Politsiyaga ko‘ra, hozirda erkak kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют